«    Май 2018    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 123456
78910111213
14151617181920
21222324252627
28293031 

Ислом Каримов барча пахтакорлар ва меҳнаткашларни Давлат пахта режаси бажарилгани билан табриклади

    Sana: 18-авг, 2015

Ислом Каримов барча пахтакорлар ва меҳнаткашларни Давлат пахта режаси бажарилгани билан табриклади

Жорий мавсумда 7 миллион 300 минг тонна ғалла, 3 миллион 350 минг тоннадан зиёд пахта етиштирилди.

 

alt

Ўзбекистон Республикаси Президенти Ислом Каримов барча пахтакорлар ва меҳнаткашларни Давлат пахта режаси бажарилгани билан табриклади.

«Аввало, сиз, азиз деҳқон ва фермерлар, сувчи, агроном ва механизаторларни, барча дала меҳнаткашларини ғалла, пахта ва бошқа қишлоқ хўжалиги маҳсулотларини етиштириш бўйича шартнома мажбуриятларини адо этганингиз билан самимий муборакбод этишни ўзим учун катта шараф деб биламан.

Энг муҳими, етиштирилган пахта ҳосили ғоят қисқа муддатларда – 35—40 иш кунида йиғиб-териб олингани, унинг 90 фоизи юқори сортларга топширилгани камдан-кам учрайдиган ҳодиса, десак, ҳеч қандай муболаға бўлмайди», — дея қайд этди Ислом Каримов.

«Бугунги хурсандчилик кунда шартнома мажбуриятларини биринчилардан бўлиб бажарган Андижон, Бухоро, Хоразм, Қашқадарё, Навоий, Самарқанд вилоятлари ва Қорақалпоғистон Республикаси, шунингдек, барча вилоятларимизнинг пахтакорлари мамлакатимизнинг юксак хирмонини бунёд этишга муносиб ҳисса қўшганини мамнуният билан эътироф этамиз», — дейилади табрик хатида.

20—25 иш кунида режани адо этган Амударё, Қораўзак, Пахтаобод, Булоқбоши, Олот, Ромитан, Дўстлик, Миришкор, Касби, Қизилтепа, Мингбулоқ, Наманган, Каттақўрғон, Оқдарё, Сирдарё, Бўка, Юқоричирчиқ, Бешариқ, Ёзёвон, Тошлоқ, Хива, Янгиариқ, Қўшкўпир туманлари кўпчиликка ўрнак ва намуна бўлгани алоҳида қайд этилди.

Табрик матни Ўзбекистон Миллий ахборот агентлигида эълон қилинди.

 
 
 
 
O'zbekiston Prezidenti Islom Karimov 17 iyul kuni mamlakat mustaqilligining 24 yillik bayramiga tayyorgarlik ko'rish va uni o'tkazish to'g'risidagi qarorini imzoladi. Bu haqda UzA xabar bergan. Ushbu qarorga ko'ra, bayramga tayyorgarlik ko'rish va uni o'tkazish bo'yicha respublika komissiyasi tarkibi tuziladi.

Keksalarni e’zozlash – muqaddas burchimiz

    Sana: 18-авг, 2015

Prezidentimizning joriy yil 17-iyuldagi "O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining yigirma to‘rt yillik bayramiga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish to‘g‘risida”gi qarori asosida Sirdaryo viloyati Sayxunobod tumanida o‘tkazilgan ijtimoiy aksiya ana shunday nomlandi. 

Viloyatda mamlakatimizning qutlug‘ bayramiga bag‘ishlab ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar o‘tkazishda nodavlat notijorat tashkilotlari, siyosiy partiyalar ham faol ishtirok etmoqda. 

O‘zbekiston "Adolat” sotsial-demokratik partiyasi viloyat kengashi tashabbusi bilan tashkil etilgan tadbirda Prezidentimiz rahnamoligida ajdodlar xotirasini yod etish, bugun safimizda yurgan, el-yurt tinchligi va ravnaqi yo‘lida xizmat qilayotgan keksalarni e’zozlashga alohida e’tibor qaratilayotgani ta’kidlandi. Tadbir doirasida "Keksalarni e’zozlash yili” Davlat dasturi asosida tumandagi nuroniylar chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi. Partiya faollari mahalliy Kengash deputatlari bilan birga yoshi ulug‘ insonlarni bayram bilan tabrikladi, esdalik sovg‘alari topshirdi. 

O‘zbekiston Respublikasini 2015-yilning birinchi yarmida ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari to‘g‘risida

    Sana: 18-авг, 2015

Jahon iqtisodiyotida inqirozli hodisalar hamon davom etayotgan va xalqaro bozordagi beqarorlik sharoitida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov tomonidan joriy yil 16-yanvarda bo‘lib o‘tgan Respublika Hukumati majlisida belgilab berilgan 2015-yilgi iqtisodiy dasturning eng muhim vazifa va ustuvor yo‘nalishlarini amalga oshirish bo‘yicha qabul qilingan chora-tadbirlar shu yilning birinchi yarmida mamlakatimizda mustahkam iqtisodiy o‘sish sur’atlarini saqlash va makroiqtisodiy barqarorlikni ta’minlash imkonini berdi. 

Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlarni yanada kengaytirish va kelgusi yillarda iqtisodiyotimizni barqaror yuksaltirish uchun mustahkam poydevor yaratish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov tomonidan 2015-2019-yillarda iqtisodiyotni yanada isloh qilish, tarkibiy o‘zgartirish va diversifikatsiyalash dasturi ishlab chiqildi va qabul qilindi. 

2015-2019-yillarda iqtisodiyotni yanada isloh qilish, tarkibiy o‘zgartirish va diversifikatsiyalash bo‘yicha qabul qilingan dastur xususiy mulkni ishonchli himoya qilish, iqtisodiyotda uning ulushi va ahamiyatini oshirish, zamonaviy korporativ boshqaruv usullarini joriy etish, ishlab chiqarishni modernizatsiya va diversifikatsiya qilish, tayyor mahsulotlar ishlab chiqarishni mahalliylashtirish, muhandislik-kommunikatsiya va yo‘l-transport infratuzilmasini rivojlantirish, iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohada energiya iste’moli hajmini kamaytirish hamda energiya tejaydigan texnologiyalarni joriy etishga qaratilgan yettita o‘zaro bog‘liq strategik dasturiy hujjatni o‘z ichiga olgan. 

Dasturning ushbu har bir muhim yo‘nalishi bo‘yicha o‘tgan davrda barcha davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarining dasturda belgilab berilgan chora-tadbirlarni o‘z vaqtida bajarish, ularning samaradorligini oshirish va tasdiqlangan maqsadli ko‘rsatkichlarga erishish borasida muvofiqlashtirilgan holda faoliyat yuritishini ta’minlashga doir kompleks tadbirlar ishlab chiqildi. 

Назад Вперед
Наверх “TURAN-XAMID” ma’suliyati cheklangan jamiyati hududiy universal ulgurji bazasi, 2015y.
Sayt materialidan foydalanganda manba ko'rsatilishi shart